Assalomu alaykum
azizlar! Omonmisiz? Ha, sizni bezovta qilayotgan yana men. Biroz oldin bir
akaxonimiz “noshukrlik haqida ham bir blog yozmaysizmi...” deb qoldilar.
O’zimcha yaxshi fikr dedim-u, darxol yozishga kirishdim. 15-20 daqiqa
kompyuterimda bir nimalar yozishga harakat qildim. Bo’lmadi. O’ylab qarasam
noshukrlik haqida o’zim hech narsa bilmas ekanman. Bilmagan narsang haqida
“falsafa so’qish” ahmoqgarchilik bo’lsa kerak. Baribir bu mavzu meni tinch
qo’ymadi, internet-u kitoblarni titkilab bir –ikkita material topdim. Shularni
sal o’zimga to’g’irlab sizlarga havola qilmoqdaman. Har doimgidek kamchiliklar
bo’lsa, oldinlari eshitgan yoki o’qigan narsalariz haqida yozilgan bo’lsa, uzr
so’rayman(“...Buyuklar-o’g’irlashadi” deyishadi-ku).
Noshukrlik-barchamizda bolalikdan
shakllanadigan odat. Balki, qonimizga singib ketgan illat bo’lsa kerak(Odam Ato
va Momo Havoning jannatdan quvgan ham shudir balki), yana bilmadim. Keling boshlanishiga bir rivoyatni esga olsak-da,keyin
mavzumizni davom ettirsak.
Bir noshukr banda tush ko’ripti... Tushida
bir inson noshukrni qo’lidan ushlab yetaklagancha bir uyga olib kiripti. Uyga
kirib qarasa uyni tomidan to’htovsiz chakka o’tarmish. Noshukr asta so’rapti:
-Ey birodar, nima
bu uyni egasi shu qadar qashshoqmi?! Hatto chakka o’tayotgan joylarni ham
ta’mirlamabdi... U inson javob beribdi:
-Yo’q, bu chakka
emas Olloh o’z bandalariga nozil qilayotgan rizq-u nasibasi. Faqat senga mana
shu tarzda ko’rsatilyapti, tushunishing uchun. Ana qara, bir joydan ko’proq, bir
joydan kamroq tushayapti... Chelaklab tushayotgani boyroq odamniki, kamroq
tushayotgani esa kamrog’iniki. Xullas, har kimni rizqi Olloh tomonidan qancha
belgilangan bo’lsa, sen shularni ko’rib turibsan...
-Mening ham
rizqim tushayotgan teshik bormi?
-“Ha,albatta”-deb
javob berdi va bir teshikni ko’rsatdi. U
yerdan bir tomib, bir to’xtab tomchi tushayotgan emish. Buni ko’paytirishni
iloji bormi?
-Ha, uni
ko’paytirish uchun shukr qilish kerak...
Noshukr “E yo’q, teshikni kattalashtirish kerak”-dedi va
bir cho’p topib kelib teshikni kovlay boshladi. Shu orada cho’p teshikka
tiqilganicha sinib qoldi va “tomayotgan” bir tomchi ham to’xtab qoldi...
Noshukrlikning kasri eng avvalo odamning
o’ziga uradi. Bu o’ziga xos yebto’ymaslikka o’xshaydi. Ammo ochko’z odamning
ovqat yeyishda chegarasi bo’ladi . Ming ochko’z bo’lmasin, ma’lum miqdorda
ovqat yegach, u to’yganini sezadi. Ammo noshukrlik bu jismoniy emas, psixologik
(aqliy) ochko’zlik. U odamning komplekslari-yu muhimligini boqish bilan ovora
bo’ladi. O’n qop tillasi bor noshukrni yuz qop tilla bilan ham shukrona
keltirishga undash qiyin. Inson boriga shukr va qanoat qila bilishi, shi
o’rinda bundan-da yaxshirog’iga harakat ham qilishi lozim. O’zining halol
mehnati-yu peshona terisi bilan.
Menimcha, inson birinchi navbatda shukr qila
bilihi kerak.Oddiygina misol “yangi krasovkam yoq”deydigan odam, dunyoda oyog’i yo’q odamlar ham borligini
bilarmikan?! Yoki “farzandlarimi hammasi qiz” deb noliydigani “tirnoqqa” zorlar
qanchaliginichi?! “ikki qavatli uy kerak” deguvchi yer yuzida 750 milliondan ortiq odamning
umuman bosh-panasi yo’qliginichi?! Hatto shundaylar borki tinchlikning
borligiga ham shukr qilmaydilar. Atrofga, dunyoga boq! Ko’rmayapsanmi,
qancha-qancha boyligi-yu,mol-davlati bor urush orqasidan bir burda nonga zor...
Ozg’inligimdan nolirdim oldinlari. Yaqinda
hindlarning bir “Talant” degan shou-ko’rasatuvini ko’rib qoldim. Unda bir
oyog’i yo’q qiz 3 daqiqa davomida raqs
tushib, zaldagilarni hayrati va olqishiga sazovor bo’ldi. Bir oyoqda
raqs-a! Ko’rib etlarim junjikib ketdi.
Qizning irodasi-yu iqtidoriga qoyil qoldim. Men bo’lsa qayoqdagi bo’lar-bo’lmas
narsalarga boshimni og’ritib yuribman. Shu videoni kompyuterinming “bosh
oynasi”ga qo’yib qo’ydim. Har safar komyuterimni yoqqanimda ko’rish uchun...
Noshukrlikning davosi-
shartsiz orzu qilishdir. Ya’ni orzuga erishish uchun emas orzu qilish
jarayonidan rohatlanish uchun orzu qilish. Mana sizga noshukr odamning orzu
qilish tartibi:
“Qaniydi, Karibdagi
biror orol sohilida o’zimni oftobga solib yotsam. Juda mazza bolardi-da” -bu
jarayonning sof orzu qismi, unda odamning ko’zlari yumilgan, tanasi
bo’shashgan, chexrasi ochiq bo’ladi. Undan keyin keladigan fikr: “Buning uchun
pulim bo’lishi kerak-da” -bu shart qismi, ya’ni orzuga erishish uchun qanday
shart bajarilishi kerak. Tamom, orzu mana shu yerda tugaydi. Odamning yuzi
darrov jiddiylashadi, tana muskullari taranglashadi, aql o’z ishini boshlaydi.
Keyingi fikr: -Xo’sh, pulni qayerdan olsa bo’ladi? “A” qilsammikan, “B”
qilsammikan?... -bunisi endi reja qismi. Bunda orzuning hidi ham qolmaydi, odam
endi aqliy faoliyat bilan band (foydasiz aqliy faoliyat bilan). Oxirgi fikr:
“Har yo’liga qilsam ham, kerakli pulni topa olmas ekanman. Esizgina, kinolarda
ko’rgan joylarimni ko’rish nasib qilmas ekan-da... -bu orzuning dafn marosimi,
uni chuqur qabrga ko’mib, ustiga armon toshi qo’yiladi.
Mana bunisi
rostan ham Yaratganning cheksiz marhamatiga ishongan, uning qudratiga shubha
qilmagan odamning orzu qilishi:
“Dengiz bo’yida
mazza qilib oftobda toblansam. Yaqinlarim ham yonimda bo’lsa. Ha nima? Xudo
beraman desa, beraveradi. Mana, ishlarim yaxshi ketyapti, topishim yomonmas.
Shu paytgacha ko’p niyatlarimga erishdim. Bir kun kelib, dengiz bo’yiga ham
boramiz-da, Xudo xohlasa. O’sha kunlarga o’zi yetkazsin, iloyim...”
Bu odamning butun
orzu qilish jarayonida yuzidan tabassum ketmaydi. Orzu qilayotgandayoq huddi
niyatiga erishgandek dili yayraydi. Bunga qanday erishadi, buning uchun nimalar
qilish kerak? Bu uni qiziqtirmaydi. Unga orzu qilishing o’zi yetarli. U
atrof-dunyoga o’z orzusini qush kabi uchirib yuboradi: agar ahdi mustahkam bo’lsa,
bir kuni orzusi uning oldiga o’z ro’yobini boshlab keladi.
O’zingiz o’ylab
ko’ring: ozruni avval boshidayoq armonga aylantirib, ko’mib tashlagandan kora, uni
erkin qo’yib yuborgan yaxshi emasmi? Aytaylik, siz shaharning bir nuqtasidan
boshqa nuqtasiga bormoqchisiz. Aynan siz bilgan yo’l ta’mirlash va’ji bilan
to’sib qo’yilgani sababli siz yo’lga chiqishdan voz kechdingiz. Lekin sizni ko’zlagan
manzilingizga olib boradigan yo’llar soni cheksiz. Ularning hammasini siz bilishingiz shart emas,
yo’l o’zi sizni olib boradi.
Huddi shunday,
sizdan urzu qilish va harakatlarnish talab etiladi, xolos. Istagingizga sizni
aynan qaysi yo’llar bilan va qaysi vositalar yordamida yetkazishni siz Xudoga
ishonib topshiring. Toki U orzuyingizga siz bilmagan va xayolingizga ham
keltirmagan qisqa va zavqli yo’llardan olib borsin. Faqat maqsadingizga
erishganingizda shukrona keltirishni unutmang.
Men ham siz bilan
suhbat qurib, ko’nglim istagiga erishishim uchun imkon bergan Yaratganga
shukrlar aytaman. Menga sizdek suhbatdoshlarni berganiga shukr. Boringizga
shukr.
shukur qilish kerak har doim hattoki nogiron odamni ko'rsang ham shukur qilishing shart. lekin boriga shukur deb beharakat bo'lish ham bo'lmaydi ishlab o'qib erishilgan natijaga shukur qilib davom etish kerak!
ОтветитьУдалить